YEVROPARLAMENT DELEGATSIYASI RAISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov yurtimizga muntazam parlamentlararo almashuvlar doirasida tashrif buyurgan Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mongoliya bilan aloqalar bo‘yicha Delegatsiyasi raisi Iveta Griguleni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari hamda Oliy Majlis palatalari va Yevropa parlamenti aloqalarining hozirgi holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ko‘p rejali hamkorlikni kengaytirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlashdan ikki tomon ham mafaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston-YI Hamkorligi kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuvda YI Elchisi Yuriy Shterk ishtirok etdi.
mfa.uz