YEXHT DEMOKRATIK INSTITUTLAR VA INSON HUQUQLARI BO‘YICHA BYUROSI EKSPERTLARI PARLAMENT SAYLOVLARINI KUZATISH BO‘YICHA O‘Z MISSIYASINI BOSHLADI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					"Wyndham Tashkent" anjumanlar zalida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasining boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasiga Kayetan De Zulueta rahbarlik qilmoqda.
K.De.Zuluetaning ta’kidlashicha, missiya vakillari tarkibini Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 11 nafar ekspertdan iborat asosiy guruh va 3 dekabrdan ish boshlaydigan 30 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar jamoasi tashkil etadi. Bundan tashqari saylovning shaffofligini ta’minlash maqsadida missiya rahbariyati saylovdan bir necha kun oldin YeXHTga a’zo davlatlardan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchini taklif etadi.
“Missiya vakillari saylov YeXHT majburiyatlari, boshqa xalqaro majburiyatlar va demokratik saylov standartlariga, shuningdek, milliy qonunchilikka mos kelishini baholaydi”, - dedi K.De.Zulueta.
Kuzatuvchilar saylovchilarni ro‘yxatga olish, saylovoldi kampaniyasi, saylov komissiyalari va tegishli davlat organlari faoliyati, saylov qonunchiligi va uning ijro etilishi, shuningdek, saylov bilan bog‘liq nizolarni hal etish kabi jarayonlarni kuzatib boradi. Kuzatuv doirasida missiya ommaviy axborot vositalari faoliyatini ham nazorat qiladi.
Shuningdek, mazkur missiya davlat organlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlarni ham kuzatib borishini ma’lum qildi.
DIIHB missiyasi saylov kuni YeXHT parlament Assambleyasi delegatsiyasi bilan saylov uchastkalarini ochish, ovoz berish jarayoni va ovoz berish natijalarini kuzatish uchun kuchlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, kuzatuv davomida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish uchun oraliq hisobоt e’lon qilinadi. Saylovdan keyingi kun DIIHB missiyasi o‘z kuzatuvining dastlabki natijalari va xulosalariga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazadi. Yakuniy hisobоt esa saylov jarayoni tugagandan ikki oy o‘tgach taqdim etiladi.
Matbuot anjumanida missiya rahbari OAV vakillari savollariga javob berdi.
Dunyo
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















