Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YEXHT DIIHB MISSIYASI: SAYLOVLAR HUKUMATNING ASOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARGA NISBATAN HURMATI OSHIB BORAYOTGAN SHAROITDA BOʻLIB OʻTDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YEXHT DIIHB MISSIYASI: SAYLOVLAR HUKUMATNING ASOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARGA NISBATAN HURMATI OSHIB BORAYOTGAN SHAROITDA BOʻLIB OʻTDI

2019 yil 23 dekabr YEXHT rasmiy veb-sahifasida YEXHT DIIHB missiyasining joriy yilning 25 noyabridan 23 dekabrigacha O’zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to’g’risida e’lon qilingan dastlabki hisobоti e’lon qilindi.

Hisobоtda ta’kidlanishicha, “saylovlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yildan O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarida o’zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlari doirasida o’tkazildi”.

Shu bilan birga, “Yangi O’zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida Oliy Majlisga o’tkazilgan saylovlar modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonidagi muhim bosqich bo’lib, davlat rahbarining ta’rifiga ko’ra – ortga qaytarib bo’lmaydigan xarakterga ega ekanligi alohida qayd etilgan.

YEXHT yangi qabul qilingan Saylov kodeksida ilgari YEXHT DIIHB tomonidan berilgan tavsiyalar mavjud bo’lib, ushbu tavsiyalar saylovlarning huquqiy asoslarini xalqaro standartlar va YEXHT majburiyatlariga yaqinlashtirganini tan oladi.

“Markaziy saylov komissiyaning parlament saylovlarini namunaviy tarzda o’tkazish bo’yicha amalga oshirgan sezilarli darajadagi sa’y-harakatlariga” ijobiy baho berildi.

Hisobоtda Markaziy saylov komissiyaning saylovlarni o’z vaqtida va belgilangan tartibda o’tkazishga amal qilganligi aytiladi. Saylovchilarning xabardorligini va saylov komissiyasi vakillarining savodxonligini oshirish, nogiron shaxslarga kerakli sharoitlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganligi e’tirof etildi. Jazoni o’tash muassasalarida ozodlikdan mahrum qilingan, o’ta og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxslarga ovoz berish huquqining taqdim etilganligi alohida ta’kidlab o’tildi.

Ko’p marotaba ovoz berishni bartaraf etuvchi va teng ovoz berish huquqini kafolatlovchi saylovchilarning yagona elektron ro’yxati tatbiq etilganligiga “ulkan yutuq” sifatida baho berildi.

Saylov kampaniyasi hukumatning so’z va fikr erkinligiga nisbatan oshib borayotgan hurmat sharoitida o’tganligi ta’kidlandi. YEXHT ekspertlarining fikriga ko’ra bu “OAVga saylov jarayonlarini keng yoritish imkonini berdi”.

Bundan tashqari, amalga oshirilgan islohotlar fuqarolar va siyosiy partiyalar uchun siyosiy takliflar va hukumatga nisbatan tanqid bilan chiqish imkonini berganligi YEXHT tomonidan yuqori baholandi.

Hisobоtda eng muhim yangilik sifatida jonli efirda debatlarning tez-tez o’tkazilganligi ta’kidlangan. Mustaqil sharhning muhim manbai sifatida ko’riladigan blogerlarning ta’siri ortib borayotganligi ko’rsatib o’tilgan. YEXHT kuzatuvchilari milliy ozchilikning huquqlari buzilishi holatlari kuzatilmaganligi ta’kidlagan.

Birinchi marta “Saylov kodeksi saylov qonunchiligining buzilishiga javoban huquqiy vositalarni va partiyalarning saylov oldi tashviqoti doirasida moliyaviy resurslar sarflanganligi to’g’risidagi hisobоtlarni bir oy ichida o’z veb-saytlarida va OAVda e’lon qilish majburiyatini ta’minlaydigan oqilona qonunchilik bazasini yaratganligi” e’tirof etilgan.

Alohida qayd etilishicha, saylovda 820 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar va 135 nafar chet ellik jurnalistlar ishtirok etgan va ular uchun saylov jarayonining barcha jabhalariga teng va to’siqsiz kirish imkoniyati yaratilgan.

YEXHT hujjatida davlat va jamoat boshqaruv tizimidagi, saylov amaliyotidagi bir qator ijobiy o’zgarishlar ham qayd etilgan.

Shu bilan birga, YEXHT Missiyasining hisobоtida saylov qonunchiligi va saylov amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan qator tavsiyalar mavjud.

Tuhmat qilish, “fuqarolarning qadr-qimmatini kamsitish” va “yolg’on ma’lumot” tarqatish uchun jinoiy jazolarni bekor qilish taklif etiladi. Bu Missiyaning fikricha, jurnalistlar faoliyatini va fikr erkinligi huquqini sezilarli darajada cheklaydi.

Shu munosabat bilan, YEXHT/DIIHB Prezidentning 2019 yil 13-15 dekabr kunlari tuhmat va haqoratlar endi qamoq jazosi bilan jazolanmasligi uchun qonunlarga o’zgartirishlar kiritishni topshiriq berganligini olqishlaydi.

Bundan tashqari, YEXHT/DIIHB Missiyasi ta’kidlashicha, deputatlikka nomzodlarga saylov kunidan kamida besh yil davomida mamlakatda bo’lish talablarini belgilash eng yaxshi saylov amaliyotiga mos kelmaydi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga saylovda ovoz berish huquqini berish, shuningdek fuqarolarga mustaqil nomzod sifatida ishtirok etish imkoniyatini ko’rib chiqish taklif etiladi.

YEXHT Missiyasining fikriga ko’ra, hozirgi vaqtda ayollar mamlakat jamoat va siyosiy hayotida yetarli darajada faol qatnashmayapti. Gender tenglik kampaniyaning eng cheklangan mavzusi edi va ushbu mavzu ommaviy axborot vositalarida muhokama qilinmadi, aksincha asosan erkak-nomzodlar mavzusi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, DIIHB Missiyasi Markaziy saylov komissiyasida ayollar soni 3 tadan 7 tagacha, saylov organlarida esa 49%ga oshganini ta’kidlab o’tdi. Nomzod sifatida ko’rsatilgan ayollar soni 41 foizdan oshganligi ham alohida ta’kidlab o’tildi.

DIIHB Missiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 iyundagi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisidagi nutqida ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni va rolini yanada kuchaytirish muhimligi to’g’risidagi fikrini keltirib o’tdi.

Qolaversa, Missiya, ovoz berish kuni saylov uchastkalarida guruh-guruh bo’lib ovoz berish holatlari, saylovchilarni ro’yxatga olish va ovozlarni sanab chiqish jarayonida kuzatilgan huquqbuzarliklar va yakuniy protokollarni to’ldirishda qiyinchiliklar kuzatilganini qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, saylov kuni Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda saylov qonunchiligi buzilish holatlari uchraganini tan oldi va ushbu holat yuzasidan hozirgi vaqtda tegishli tekshiruvlar o’tkazilmoqda.

Xulosada Missiya Markaziy saylov komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligiga saylov jarayoni kuzatish uchun taklif etilgani uchun tashakkurnoma bildirgan.

O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, O’zbekistonda bo’lib o’tgan saylovlarda birinchi marotaba YEXHT tashkilotiga a’zo bo’lgan 37 davlatdan 316 kengaytirilgan kuzatuvchilar delegatsiyasi, shu jumladan, YEXHT/DIIH byurosidan – 271 va YEXHT Parlament Assambleyasidan 45 nafar kuzatuvchi qatnashdi.

Shuningdek, oldingi hisobоtlardan farqli o’laroq, ushbu hisobоtda YEXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasining kuzatuv natijalari ham hisobga olingan.