YOSH BOKSCHILARIMIZ JAHON CHEMPIONATIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari dunyoning ellikdan ziyod davlati charm qo‘lqop ustalari ishtirokida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Halim O‘tegenov vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi dastlabki jangni hindistonlik Mahender Tanvarga qarshi o‘tkazib, raqibini 3:0 hisobida yengdi.
Vazni 50 kilogrammgacha bokschilar o‘rtasidagi bahslarda qatnashayotgan Jahongir Rahmonov gruziyalik Otari Naverianini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 52 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida Murodjon Aliyev tunislik Sayfiddin Ayari ustidan g‘alaba qozondi.
Turnirning 57 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi musobaqalarida Bilolbek Mirzarahimov uelslik Ris Edvardsni yengdi. 63 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida Temur Merjanov norvegiyalik Tord Jonsonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
66 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Dilshod Ro‘zmetov dastlabki “jang”da shotlandiyalik Levis Jonstounni yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etdi. Vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Yahyoxon Saidxonov germaniyalik Jeyxan Guleryuz ustidan g‘alaba qozondi.
Qosimxon Qosimov vazni 75 kilogrammgacha bokschilar o‘rtasidagi bahslarda germaniyalik Fabian Tiyemkeni yenggan bo‘lsa, yana bir hamyurtimiz Profsor Rorimsha vazni 80 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan sportchilar bahsida italiyalik Andrea Pagliarani mag‘lubiyatga uchratdi.
Jahon chempionati 12-sentabrgacha davom etadi.
O‘zA