YOSH OILALAR UCHUN YANGI UYLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukusda 58 xonadonga mo’ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan "Kamolot" uyi yosh oilalarga Vatanimiz mustaqilligining yigirma to’rt yilligi bayrami oldidan ajoyib sovg’a bo’ldi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi boshqarmasining 2-harbiylashgan yong’in xavfsizligi bo’linmasi xodimi Salavat Qallibekovga ana shu uylardan birining kaliti topshirildi.
O’zining xizmat vazifasidan tashqari Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Aral julduzlari” ansamblida samarali faoliyat ko’rsatib kelayotgan Salavat yaqinda Toshkentda o’tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovida ikkinchi o’rinni egalladi.
— Xizmat va ijodda erishgan kamtarona muvaffaqiyatlarim evaziga barcha qulaylikka ega zamonaviy uyga ega bo’lishimni sira kutmagandim, bundan juda xursandman, - deydi S.Qallibekov. - Bunday otalarcha g’amxo’rlik uchun Prezidentimizdan minnatdorman.
Ayni kunlarda To’rtko’l, Nukus, Xo’jayli tumanlarida ham "Kamolot" uylari qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Eng ulug’, eng aziz bayramimiz arafasida ular ham o’z egalariga topshiriladi.