Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR EZGU G‘OYALAR TARG‘IBОTIDA FAOL QATNASHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR EZGU G‘OYALAR TARG‘IBОTIDA FAOL QATNASHMOQDA

Navoiyda Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida yoshlar haftaligi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat hokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan targ‘ibоt tadbirlarida mustaqillikning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, istiqlol yillarida xalqimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralar haqida so‘z yuritilmoqda.

Haftalik doirasida shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, san’atkorlar, jurnalistlar, ma’naviyat targ‘ibоtchilari bilan birga, yosh ijodkorlar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan davra suhbatlari tashkil etilayotir. Xususan, viloyatning Yoshlar markazida “O‘tkan kunlar”, “Yulduzli tunlar” asarlari bo‘yicha bahs-munozaraga boy badiiy kecha o‘tkazildi. “Kitobxonlikka yangicha qadam” mavzusida viktorinalar uyushtirildi.

“Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida “Biz Vatanga tayanchmiz” mavzusida kitob aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda faol qatnashgan kitobxonlar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

– Yaqinda oilamiz bilan viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Kitobxon oila” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘ldik, – deydi Navoiy shahridan Ma’mura Yo‘ldosheva. – Bugun “Biz Vatanga tayanchmiz” aksiyasida faol ishtirokimiz uchun badiiy asarlar sovg‘a qilindi. O‘zim o‘qituvchi bo‘lganim bois oilada ham farzandlarimni kitobxonlikka o‘rgatganman.

Haftalik doirasida “Yoshlar” sport majmuasida futbol bo‘yicha karmanalik yoshlar jamoasi va “Qizilqum” professional futbol klubi o‘rtasida “Futbol shou” o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi bayram konserti barchada katta taassurot qoldirdi.

Karmana tumanidagi “Oftobjon” oromgohida tarbiyalanayotgan ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar o‘rtasida salbiy illatlarni bartaraf etishga qaratilgan psixologik ta’sir choralari ko‘rish va tushuntirish ishlari olib borish maqsadida “Sog‘lom ruhiyat kuni” tashkil etildi. 100 nafar profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlarning 30 nafari hisobdan chiqarildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqini moddiy qo‘llab-quvvatlashda faollik ko‘rsatayotgan yosh tadbirkorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda “Eng yaxshi hamkor korxona”, “Eng yosh soliq to‘lovchi”, “Eng namunali soliq to‘lovchi” singari nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

– “Eng yaxshi tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha faxriy yorliq olganim menga munosib rag‘bat bo‘ldi, – deydi yosh tadbirkor Sherali Ro‘ziyev. – Ayni paytda yo‘l qurilishida ishlatiladigan mahsulotlarimizga talab yuqori bo‘lmoqda. Soliq va boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlari hamda yosh tadbirkorlar ishitirokidagi ochiq muloqotda faoliyatimizda uchrayotgan muammo va ularning yechimi haqida fikrlashdik, kelgusi rejalarni muhokama qildik.

Yoshlar turizmini rivojlantirish klubi a’zolari hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida Karmana tumanidagi tarixiy qadamjolarga sayohat tashkil etilib, “Dunyo bo‘ylab sayohat” mavzusida intellektual o‘yin o‘tkazildi.

O’zA