Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR SAYLOVOLDI TARG‘IBОT TADBIRLARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR SAYLOVOLDI TARG‘IBОT TADBIRLARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Joriy yil 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Xorazm viloyatidagi 30 mingdan ziyod yosh birinchi marta ovoz beradi.

Xorazm viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida saylovlarda ilk bor qatnashadigan yoshlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. “Bugun o‘quvchi – ertaga saylovchi”, “Sening ovozing hal qiluvchi ahamiyatga ega”, “Men birinchi marta ovoz beraman!” shiorlari ostidagi tarqatma materiallar, joylarda o‘rnatilgan targ‘ibоt bannerlari yoshlarni saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish barobarida ularning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlarda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yaratilgan milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun va so‘nggi yillarda unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati, saylovchilarning Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari haqida atroflicha ma’lumot berilmoqda.

Mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega ushbu siyosiy tadbirda Hazorasp tumanidagi Tuproqqal’a xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Baxtjon Olimboyev ham ilk marta qatnashadi.

– Men yaqinda o‘n sakkiz yoshga to‘ldim. Saylov kuni o‘z konstitutsiyaviy huquqimdan to‘liq foydalanaman, – deydi B.Olimboyev. – Kollejimizda o‘tkazilayotgan targ‘ibоt tadbirlarida ishtirok etayotgan tajribali mutaxassislarning ma’ruzalaridan saylov borasidagi huquqiy bilimimizni oshirmoqdamiz. Saylov kuni o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz beraman.

O’zA