“YOSHLIK BAHORI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda “Yoshlik bahori” nomli yosh operachilar Respublika ochiq ko’rik-festivali boshlandi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
U “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Mazkur respublika ko’rik-tanlovini o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad yosh opera ijrochilarini aniqlash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ijodini raғbatlantirish, shuningdek, o’sib kelayotgan yosh avlod o’rtasida milliy va jahon madaniy merosini ommalashtirishdan iboratdir.
Mazkur tadbirda O’zbekiston davlat konservatoriyasida to’rt kun davomida ishtirokchilarning ovozlari tinglab ko’riladi va eng yaxshi ijrochilar tanlab olinadi. Unda respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan 18-32 yoshdagi opera ijrochilari ishtirok etishlari mumkin.
Joriy yilning 14-may kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida final bosqichiga chiqqan ijrochilarning konserti bo’lib o’tadi. Ertasi kuni esa Gala konsert ishtirokchilari yosh simfonik orkestrlar bilan birga “O’zbekiston” Xalqaro forumlar saroyi sahnasida ijro etishadi.
“Jahon” AA