YUK TASHUVCHI AVIALAYNER PARVOZINI BOSHLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yo‘lovchi tashish samolyotlarini yuk tashuvchi havo kemalariga qayta jihozlash loyihasi asosida qayta jihozlangan “Boing-767-300BSF” avialayneri Navoiy xalqaro aeroportidan Navoiy-Shanxay yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashish parvozini boshladi, deya xabar beradi O’zbekiston milliy axborot agentligi.
Bugun Navoiy shahri aeroporti negizida tashkil qilingan xalqaro logistika markazi orqali turli davlatlarga parvozlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Hindiston, Xitoy hamda Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyoga yuklar tashilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu markaz foydalanishga topshirilganidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida 200 ming tonnadan ziyod yuk tashilgan.
Davlatimiz rahbarining 2008-yil 31-dekabrdagi “Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida barpo etilgan markaz Sharq bilan G‘arbni bog‘laydigan havo ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda. Viloyatning Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 magistrali bo‘yida joylashgan markaz mamlakatimizni dunyo bilan bog‘lamoqda. Mazkur xalqaro ahamiyatdagi yo‘l bo‘yida aynan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining barpo etilgani bunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Haftada ikki marotaba Navoiy-Shanxay-Navoiy yo‘nalishida parvoz qiladigan avialayner 56 tonnadan ortiq yukni tashish quvvatiga ega. Shanxayga parvoz qilgan havo kemasi belgilangan manzildan Navoiyga yuk olib keladi. Yangi yo‘nalish bo‘ylab parvoz qilayotgan havo laynerlari endi Amsterdam, Mumbay hamda Frankfurt shaharlariga qatnovlarni amalga oshiradi.
“Jahon” AA