Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ZAMONAVIY KORXONALAR TARAQQIYOT ASOSI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ZAMONAVIY KORXONALAR TARAQQIYOT ASOSI

Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 36-moddasidan.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida yalpi ichki mahsulotda ushbu tarmoqning ulushi o‘sib, ichki bozorni raqobatbardosh tayyor mahsulotlar bilan ta’minlash va importni kamaytirish borasida tobora muhim o‘rin egallamoqda.

Surxondaryo viloyatida 10 ming 750 dan ortiq kichik biznes subyekti samarali faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida xususiy sektor tomonidan 391,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 791,2 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan va 439,5 milliard so‘mlik pullik xizmatlar ko‘rsatilgan.

– Bu maqsadlar uchun tijorat banklari tomonidan 448,8 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Olim Esonov. – Xususiy sektorga ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘mak sohalar kesimida tahlil etilsa, sanoatni rivojlantirish uchun qariyb 50 milliard, qurilishga 63 milliarddan ortiq, servis va xizmat ko‘rsatish sohasiga 193 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ berilgani ma’lum bo‘ladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgani yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. “Surxon Termiz chinni” mas’uliyati cheklangan jamiyati joriy yilda chinni buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining Surxondaryo viloyati filiali tomonidan ajratilgan 7 milliard 400 million so‘m kredit mablag‘i evaziga korxonaga tejamkor zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi. Bu yerda tayyorlanayotgan 14 turdagi chinni buyumlar xorijnikidan aslo qolishmaydi. 150 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxona mahsulotlari yuqori sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Ishbilarmonlar faoliyati huquqiy jihatdan kafolatlanib, ularga keng imtiyoz va preferensiyalar berilayotgani sifatli, raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, Termiz shahridagi “Saidjon-Muhammadjon muzqaymoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan samarali foydalanib, muzqaymoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Sarmoyadorlar 1 million 200 ming dollarlik mablag‘ evaziga zamonaviy texnologiya o‘rnatib, kuniga o‘n tonnaga qadar muzqaymoq ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona bunyod etdi.

Ayni paytda yuzga yaqin kishi mehnat qilayotgan korxonada 30 dan ortiq turdagi muzqaymoq zamonaviy usulda qadoqlanmoqda. Aholini sifatli mahsulot bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida tuman markazlarida ham ulgurji savdo shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimizda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyum va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi ham yangi turdagi, raqobatbardosh, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish imkonini kengaytirmoqda. Mazkur dasturga kiritilgan korxonalar uchun bir qator imtiyozlar berilgani, texnologik uskuna va ehtiyot qismlar, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan chetdan olib kelinadigan komponentlar bojxona hamda soliq to‘lovlaridan ozod etilgani yutuqlar omili bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019-yillar uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir. Mazkur dastur doirasida Denov tumanidagi "The best oil is south oil" mas’uliyati cheklangan jamiyati yengil va yuk avtomobillarga motor moylari ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.

Viloyatning 2015-2017-yillarda sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilda 122, 2016-2017-yillarda 54 kichik sanoat korxonasi tashkil etish va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Buning samarasida 9 ming 500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘zA