Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan :

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Matamela Siril Ramafosa

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen

Belgiyaliklar Qiroli Filipp

Isroil Davlati Prezidenti Reuven Rivlin

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi

O‘mon Sultoni Qobus bin Said

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuang

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min

Tailand Qiroli Maxa Vachiralongkorn

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev

Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill

Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

www.uza.uz