Shavkat Mirziyoyev ehson tadbirida ishtirok etdi
Poytaxtimizdagi « Navro‘z » marosimlar uyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi.
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Qur’on tilovat qilindi. Tadbirda vazirlik va idoralar, diplomatik korpus vakillari, nuroniylar qatnashdi.