O’zbekiston va Shimoliy Makedoniya tashqi ishlar vazirlari ko’plab yo’nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Shimoliy Makedoniya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Timcho Mutsunski bilan uchrashdi

"Shimoliy Makedoniya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Timcho Mutsunski janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram-kanalida. – Uchrashuv chog’ida tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni yo’lga quyuvchi Idoralararo hamkorlik to’g’risidagi protokolni imzoladik. Mazkur muhim qadam o’zaro muloqotni yanada chuqurlashtirish va sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz ko’plab yo’nalishlarda hamkorlikni yana-da kengaytirish tarafdorimiz".