O’zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi
Toshkent shahrida O’zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari o’rtasida strategik muloqotning navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi
TIV ma’lumotiga ko’ra, mazkur uchrashuv ikki tomonlama do’stlik va har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo’lida muhim qadam bo’lib xizmat qiladi.
Kun tartibida siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko’lamini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kuchaytirish kabi dolzarb yo’nalishlar muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ikki mamlakat o’rtasidagi samarali va konstruktiv aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarida o’zaro fikr-mulohaza almashdi.