Первый слайд После первого Второй слайд Третий слайд Четвертый слайд Пятый слайд Шестой слайд Седьмой слайд Восьмой слайд
Главная Представительство Сотрудничество с международными организациями Новости Об Узбекистане Фото

Shavkat Mirziyoyev “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” Faxriy oltin nishoni bilan taqdirlanadi

ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ Год обеспечения интересов человека и развития махалли Год обеспечения интересов человека и развития махалли Постановления и указы Президента РУз Постановления и указы Президента РУз Инвестиционный потенциал Узбекистана Инвестиционный потенциал Узбекистана Встречи Встречи Международное сотрудничество Международное сотрудничество Цели развития тысячелетия Цели развития тысячелетия Пресс-релизы Пресс-релизы Новости Пост.предства РУз в Женеве Новости Пост.предства РУз в Женеве Стратегия действий по дальнейшему развитию Стратегия действий по дальнейшему развитию День Независимости Республики Узбекистан День Независимости Республики Узбекистан Кандидатура Узбекистана в Совет по правам человека Кандидатура Узбекистана в Совет по правам человека Туризм Туризм 8 декабря – день Конституции Республики Узбекистан 8 декабря – день Конституции Республики Узбекистан Дайджесты прессы Узбекистана Дайджесты прессы Узбекистана Стратегия Узбекистана 2022-2026 Стратегия Узбекистана 2022-2026 Конституционные реформы Конституционные реформы Другие новости и события Другие новости и события
показать все ссылки
Shavkat Mirziyoyev “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” Faxriy oltin nishoni bilan taqdirlanadi

Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining sayyor yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi taklif kiritildi.

Toshkentdagi “International” mehmonxonasida Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining sayyor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va masʼul xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasi rahbarlari va aʼzolari, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov, Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi prezidenti Mixail Shmakov, Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi vitse-prezidenti, MDH oʻrmon xoʻjaligi tarmoqlari xalqaro kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Viktor Karnyushin va boshqalar kasaba uyushmalari faoliyatida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash inson huquq va manfaatlarining muhim omili ekanini taʼkidladi.

Bugungi kunda jamoa shartnomasida xodimlar ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida belgilangan tadbirlarni bajarish uchun respublika boʻyicha bir nafar xodimga sarflangan mablagʻ miqdori oʻrtacha 2,9 million soʻmni tashkil etmoqda. Xodimlar mehnatiga munosib ish haqi toʻlanishi, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, ular mehnati va salomatligini muhofaza qilish masalalari ham kasaba uyushmalarining doimiy diqqat markazida boʻlmoqda.

– Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining sayyor yigʻilishi mamlakatimizda oʻtkazilishi katta ahamiyatga molik, – dedi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmati rahbari Muhabbat Oʻrmonbekova. – Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va federatsiya faoliyatiga berilgan yuqori bahodir.

Yigʻilish ishtirokchilari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan batafsil tanishtirildi. Xususan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tomonidan bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga urgʻu berildi.

– Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining qonun ijodkorligi sohasidagi ishtiroki, bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish, mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, aholi bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyish yoʻnalishlaridagi faoliyati diqqatga sazovordir, – dedi Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi bosh kotibi Vladimir Sherbakov. – Mamlakatingizda kasaba uyushmalariga birlashish erkinligi toʻla taʼminlanayotgani, mehnat jamoalarida jamoa shartnomalarining amal qilayotgani, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining yetakchi kasaba uyushma harakatlari bilan xalqaro hamkorligi rivojlanayotgani yaxshi samara beradi.

Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining sayyor yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi taklif kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mehnatkashlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash, umummilliy miqyosda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari nufuzini oshirish borasidagi ulkan hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi taklif bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

Sayyor yigʻilishda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasini Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi aʼzoligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi va ushbu masala bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanib, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.

www.uza.uz