Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiydavlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiydavlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 sentyabr kuni Belarus Respublikasi, Malayziya hamda Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Leonid Marinich, Xendi Assan va Yazguli Mammedovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari elchilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabriklab, ularga ushbu sharafli va masʼuliyatli vazifada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Inson manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan mamlakatimizda barcha sohalarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlandi.

Bunday tarixiy oʻzgarishlarning muhim samaralari tashqi siyosatda ham yaqqol koʻzga tashlanayotgani qayd etildi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstlik munosabatlarini mustahkamlash va strategik sheriklikni yoʻlga qoʻyish natijasida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi, oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari mustahkamlandi, manfaatli va konstruktiv hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar koʻpaymoqda.

Oʻzaro savdo-iqtisodiy, investitsiya, kooperatsiya, madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.

Oʻzbekistonning jahondagi koʻplab mamlakatlar, jumladan, yetakchi davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan aloqalari sifat jihatdan yangi, yuqori bosqichga koʻtarildi.

Prezidentimiz oʻz nutqida yangi elchilar vakili boʻlgan davlatlar bilan doʻstlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtdi.

Mamlakatimizda Belarus Respublikasi bilan har tomonlama sheriklikni izchil kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotgani taʼkidlandi.

Joriy yilda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 4 barobar oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qoʻshma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar yoʻlga qoʻyilgan, gumanitar almashinuvlar faollashmoqda.

Davlatimiz rahbari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlajak rasmiy tashrifi davlatlararo munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi.

Oʻzbekiston Malayziya bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.

Siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiya, innovatsiya, energetika, transport, tibbiyot va boshqa sohalarda qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Bugungi kunda turizm sohasi, ayniqsa, ziyorat turizmi boʻyicha samarali hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Prezidentimiz Turkmaniston bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan anʼanaviy yaqin munosabatlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini alohida taʼkidladi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning joriy yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan muvaffaqiyatli davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda tarixiy voqea boʻldi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, savdo, transport va tranzit, energetika, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda Oʻzbekiston –Turkmaniston hamkorligi kengayib bormoqda. Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va gumanitar almashinuvlar yanada faollashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning boy tajribasi, bilimi va samarali diplomatik faoliyati mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Oʻz navbatida, yangi tayinlangan elchilar samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga bor kuch-gʻayratini safarbar qilishini qayd etdi.

www.uza.uz