120 MINGGA YAQIN BOLALAR O’ZLARINING HAQ-HUQUQLARI TO’G’RISIDAGI MA’LUMOTLARGA EGA BO’LISHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqaro YUNISEF tashkiloti, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston bolalar va oilalalarni qo’llab-quvvatlash Assotsiatsiyasi hamkorligida mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida “Tengdosh-tengdoshga” turkumidagi seminar treninglar o’tkazildi, deb xabar beradi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining matbuot xizmati.
50 dan ortiq oromgohlarda tashkil etilgan treninglarda 120 mingga yaqin bolalar ishtirok etdilar.
Ma’riiy dasturlar davomida bolajonlarga O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risidagi” Qonuni keng targ’ib etilib, vatanparvarlik tuyg’usi, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan do’stona munosabatda bo’lish, ularni ko’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga bag’ishlangan mashg’ulotlar o’tkazildi.
Shuningdek, seminar treninglar doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini ta’minlash bo’yicha milliy va xalqaro standartlar, fikrlash va namunaviy hulq-atvor, insoniy fazilatlarga oid suhbatlar o’tkazildi.
«Jahon» AA