13 YIL DAVOMIDA BANKLAR YALPI KAPITALI 43 MAROTABADAN KO’PROQ OSHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugungi kunda mamlakatimizda 26 ta tijorat banki, ularning respublikamiz hududlari bo’yicha 847 ta filiali, 4 ming 294 dan ziyod mini-banki va maxsus kassalari aholi va yuridik shaxslarga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
2010-yilda “Fitch Ratings”, “Мoody’s” va “Standard & Poor’s” singari xalqaro reyting agentliklarining «Barqaror» reytingini olgan tijorat banklari soni 13 tani tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha banklar shunday reyting bahoga ega hisoblanadi.
So’nggi o’n uch yil davomida banklar jami kapitalini 43 barobardan ziyodga, so’nggi olti yil ichida 4,4 barobarga o’sishi ta’minlandi. 2015-yilning birinchi yarim yilligida o’tgan yilning mos davriga nisbatan bank tizimi umumiy kapitali hajmi 24,3 foizga oshdi.
Natijada, bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 23,74 foizni tashkil kilib, qabul qilingan Bazel qo’mitasining minimal talabiga (8 foizga) nisbatan 3 barobarga yuqori bo’lsa, bank barqarorligini baholash mezonlaridan biri bo’lgan bank tizimining joriy likvidlik darajasi 64,58 foizdan yuqori bo’lib, o’rnatilgan minimal darajadan 2 barobarga ko’pdir.
“Jahon” AA