2-ANDIJON OKRUG SAYLOV KOMISSIYASIDA XORIJIY KUZATUVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 2-Andijon okrug saylov komissiyasida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Djilian Elizabet Gloyyer va Andrey Krasnyanskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Okrug saylov komissiyasi raisi O.Mirzayev mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari va olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Saylov kampaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylov to‘g‘risidagi qonunlar va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturiga asosan ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
– Missiyamizning asosiy vazifasi saylov jarayonini kuzatish, uning xalqaro talab va standarlarga qay darajada muvofiq ekanini o‘rganishdan iborat, – deydi Djilian Elizabet Gloyyer. – Missiyamiz vakillari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida saylov jarayonlari bilan tanishmoqda. Andijonda ham saylov uchastkalari faoliyati, saylovga tayyorgarlik borasidagi ishlar bilan tanishish, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashishni rejalashtirganmiz.
Xorijiy kuzatuvchilar okrug saylov komissiyasida yaratilgan sharoitlar, saylovga tayyorgarlik ishlari, Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi targ‘ibоti, ularga teng sharoitlar yaratib berish masalalari, bu borada viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O’zA