2009-2015-YILLAR DAVOMIDA “NBU INVEST GROUP” “RISHTON TO’QIMACHI” MCHJGA 14,8 MILLIARD SO’M SARMOYA KIRITDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"Rishton To’qimachi" MCHJ Farg’ona viloyatida joylashgan mazkur korxona paxta tolalarini qayta ishlash va yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki investitsion kompaniyalaridan biri "NBU INVEST GROUP" Bank tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash natijasida korxonada ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, korxonada Trutschler nemis kompaniyasining sutkasiga 8 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy ip yigiruv texnologiyasi o’rnatildi. Korxonada 100 dan ziyod ish o’rinlari tashkil qilindi.
Korxonada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi tufayli 2015-yilning 1-sentabr holatiga ko’ra korxona tomonidan 635 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bugungi kunda tayyor mahsulotlar Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilinadi, deb xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki matbuot xizmati.
“Jahon” AA