Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

2016 YILDA "ASAKA" ATB TOMONIDAN KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA 1 TRLN. 520 MLRD.SO’M MIQDORIDA KREDITLAR AJRATILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
2016 YILDA "ASAKA" ATB TOMONIDAN KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA 1 TRLN. 520 MLRD.SO'M MIQDORIDA KREDITLAR AJRATILDI

«Asaka» Aksiyadorlik tijorat banki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko’rsatilayotgan xizmat turlari ko’lamini kengaytirish va ularning sifatini yanada oshirishni o’z faoliyatining ustuvor strategik yo’nalishlaridan etib belgilagan. Bugungi kunga kelib bank ushbu yo’nalishda Respublikamizning iqtisodiy tarraqiyotiga o’z munosib hissasini qo’shib salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda. Xususan 2016 yilda ushbu moliya muassasasi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 1 trln. 520 mlrd.so’m miqdorida kreditlar ajratildi.

Takidlash o’rinliki, «Asaka» bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilayotgan kreditlar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Buning natijasida respublikamizning barcha xududlarida xizmat ko’rsatish turlari ortib, ko’plab yangi ish o’rinlari tashkil etilmoqda. Bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosini taminlash maqsadida o’tgan yilda 631 mlrd. 300 mln.so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi. Shu bilan birga, Kollej bitiruvchilariga chorvachilik, asalarichilik, parrandachilikni rivojlantirish va issiqxonalar tashkil etish uchun qariyb 15 mlrd.so’m miqdorida imtiyozli shartlarda kreditlar berildi. Bundan tashqari 2016 yilda «Asaka» Aksiyadorlik tijorat banki tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi ayollarga ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish uchun 129 mlrd. 200 mln. so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratdi. Buning natijasida esa yurtimizdagi ko’plab xotin-qizlar doimiy ish joylari bilan ta’minlandilar.

Davlatimiz Rahbari tomonidan belgilab berilgan aholini tadbirkorlikka jalb etishga oid dolzarb vazifalarni amalga oshirish maqsadida «Asaka» bank tomonidan doimiy ravishda tadbirkorlarga moliyaviy ko’mak va madad berishning yangi usullari joriy etib kelinmoqda. Bankda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularga kredit hujjatlarini tayyorlash bo’yicha tegishli maslaxatlar berilmoqda, hamda qisqa muddatlarda kredit mablag’lari ajratish choralari ko’rilmoqda.

Joriy yilda ham «Asaka» bank o’z oldiga mijozlarga yuqori sifatli bank xizmatlarini ko’rsatish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish bo’yicha faol ishlar olib borishni maqsad qilgan.

UzReport