2019 yilda koʻpkari boʻyicha birinchi jahon chempionati Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bu haqida akipress.org manbasi xabar berdi. Ushbu qaror Qirgʻizistonning Issiq-koʻl shahrida tashkil etilgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ishtirok etgan 11 davlat vakillari tomonidan qabul qilingan.
“Koʻpkari chempionati qaysi shahar va qaysi sanada oʻtkazilishi hozircha aniq emas, lekin qaror qabul qilindi: turnir kok-boru qoidalariga asosan “toʻyqozonlar” bilan boʻlib oʻtadi”, – dedi Qirgʻiziston Kok-boru federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov.
Bugungi kunda koʻpkari oʻyinining bir necha turlari mavjud.
Qirgʻizistonda qabul qilingan Kok-boru uslubida maydonning ikki chekkasida 2 ta ulkan “toʻyqozon” quriladi. Polvonlar uloqni raqib jamoa toʻyqozoniga solishi kerak. Taʼkidlash joizki, ushbu uslubda otlar va polvonlar qozonga urilib jarohat olish ehtimoli ham oshadi.
Qozogʻistonda qabul qilingan Kokpar uslubida esa toʻyqozonlar oʻrniga yerda aylanalar chiziladi. Jamoa ochko toʻplash uchun uloqni ushbu aylanalar ichiga keltirib tashlashi kerak. Qozogʻiston Kokparida jamoalar 3 taym oʻrniga 2 taym bellashadi.
Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda 2-8 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan III Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida Kok-boru oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi kumush medal sohibi boʻlgan edi.