2020-YILGACHA YANA 200 TA YANGI ISH O‘RNI YARATILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yuqori kuchlanishga chidamli elektr kabeli va simlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NRS systems” (Hayat power cable systems) mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan zamonaviy korxonalardan.
O‘tgan yili bu yerda alyuminiy eritmasidan 8 mm. diametrli sim ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani natijasida 50 ish o‘rni ochildi. 2020-yilgacha korxonada ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hisobidan yana 200 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
– Jahon standartlariga to‘liq javob beradigan turli o‘lchamdagi mis va alyuminiy kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning asosiy xomashyo ta’minotchisi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, – deydi korxona direktori Yevgeniy Yerofeyev. – Zamonaviy dastgohlarni boshqarayotgan mutaxassislarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Joriy yilda 400 kilometrlik turli kabel va sim eksport qilishni rejalashtirganmiz.
O’zA