24 YANVAR KUNI “DUNYO” AXBOROT AGENTLIGINING YANGI VEB-SAHIFASI ISHGA TUSHIRILADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
TOSHKENT, 23 yanvar. /"Dunyo" AA/. 24 yanvar kuni www.dunyo.info xalqaro darajadagi domenda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining "Dunyo" axborot agentligi yangi veb-sahifasi ishga tushiriladi.
Veb-saytga yangi ruknlar va tematik bo‘limlar, jumladan tahliliy materiallar joylashtirish nazarda tutilgan sahifa kiritilgan. Shuningdek, mobil versiya, yangiliklarni pochta orqali yuborish funksiyasi, ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlar bilan sinxronlashtirish imkoniyati joriy qilingan, xavfsiz ulanish uchun (SSL) xavfsizlik sertifikati o‘rnatilgan, zamonaviy dizayn bilan bezatilgan.
Agentlikning amaldagi veb-sahifasi www.jahonnews.uz ham ma’lum muddatgacha ishlab turadi.