25 mingta avtomobil ishlab chiqarishga yetadigan temirlar bilan yurtimizda eng baland bino qad rostlaydi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatdagi eng baland bino “Tashkent City” Xalqaro ishbilarmonlik markazida (4-lot) qad rostlashi kutilmoqda.
Mazkur bino mahalliy “Murad Buildings” va Turkiyaning “Ozguven” quruvchilik kompaniyalari tomonidan quriladi.
Bino nomi joriy yilning 15-avgustidan soʻng eʼlon qilinadi. Markaziy Osiyodagi eng baland osmonoʻpar inshootlardan boʻlishi kutilayotgan mazkur binoning balandligi 215 metr va 50 qavatdan iborat boʻladi.
Mazkur maʼlumotlar bugun, Toshkentda “Murad Buildings”, “Ozguven” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan press-anjumanda maʼlum qilindi.
Anjumanga yigʻilgan jurnalistlar tomonidan osmonoʻpar binoning xavfsizligi, mashinalar turar joyi va qurib bitkazish sanalari bilan bogʻliq savollar berildi.
“Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarovning aytishicha 50 qavatli bino qurilishi tugashi sanasi maʼlum emas, mashinalar uchun esa 4 qavatdan iborat, 1200 ta avtomobil uchun moʻljallangan turar joy boʻladi.
Anjumanda qatnashgan jurnalistlar 215 qavatli binoning yer silkinishlariga chidamli boʻlishi uchun poydevori qancha metrni tashkil etishi bilan qiziqdi.
“Oʻzbekistonda qadimda 30 metrli minoralar qurilishi uchun 30 metr poydevor kovlangan, 215 metrli binoning poydevori qancha boʻladi?”, deya savol berdi jurnalist Sharofiddin Toʻlaganov.
Murod Nazarov savolga javob berar ekan, hozirgi kunda qurilish sohasidagi rivojlanishlar sabab bino uzunligiga teng tarzda poydevor qurish talab etilmaydi. 215 metrli osmonoʻpar binoning poydevori 4 metr boʻladi.
“Ozguven” boshqaruv kengashi raisi Ozgur Ozguvenning maʼlum qilishicha, u oʻz jamoasi bilan 4 oydan ortiq vaqt mobaynida loyiha doirasida ish olib bormoqda.
“Biz Markaziy Osiyo va Buyuk Ipak yoʻli markazida joylashgan ushbu loyihada ishtirok eta olayotganimizdan juda ham baxtiyormiz.
Biz oʻz nou-xaularimizni qoʻllashdan tashqari, Turkiyaning yirik universitetlaridan professor-oʻqituvchilarni ishga taklif qildik va koʻplab mutaxassislardan maslahat oldik va ular tomonidan qoʻllab-quvvatlandik.
Binoning qurilishi jarayonida granitdan kuchliroq boʻlgan M700 beton turi ishlatiladi. Birgina poydevor uchun quyiladigan betondan oʻta kuchli devorlarga ega va har biri 80 kvadrat metrga teng 700 ta xonadon qurish mumkin boʻlardi.
Butun obyekt uchun ishlatiladigan betondan esa 5000 ta bunday xonadonlarni qurish mumkin edi. Agar qurilishda ishlatiladigan barcha temir anjomlar qoʻshilsa, ularning umumiy uzunligi 7,5 ming kilometrni tashkil etadi.
Bu uzunlik “Tashkent City” markazidan Istanbulgacha va orqaga boʻlgan masofadan ham koʻprogʻini tashkil etadi. Ushbu miqdordagi temirdan 25 mingta nufuzli avtomobil ishlab chiqarilishi mumkin edi“, deydi Ozgur Ozguven.
OʻzA