Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

30 IYUL - XALQARO DO’STLIK KUNI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
30 IYUL - XALQARO DO'STLIK KUNI

Do’stlik insonlarni yaqinlashtiruvchi, millatlar va davlatlar o’rtasidagi mustahkam hamkorlikni yuzaga keltiruvchi omillardandir.

Ayniqsa, do’stlikni yanada mustahkamlash borasida xalqaro tashkilotlarning samarali sa`y-harakati tahsinga loyiq. Bu borada so’z yuritganda BMTni alohida ta`kidlash joiz. Zero, mazkur tashkilot ko’p yillardan buyon davlatlar, millatlar o’rtasidagi hamjihatlikni yanada rivojlantirishda bosh-qosh bo’lib kelmoqda. Xususan, 2011 yilning 27 aprelida BMT Bosh Assambleyasida 30 iyulni Xalqaro do’stlik kuni sifatida nishonlash taklifi ilgari surilib, u bir ovozdan qo’llab-quvvatlangan edi.

Aytish joizki, Xalqaro do’stlik kuni - dunyodagi eng yosh bayramlardan biri hisoblanadi. Ushbu sananing nishonlanishi jahon xalqlari madaniyati va qiziqishlariga nisbatan kuch ishlatmaslikning Xalqaro o’n yilligi (2001-2010) mafkuraviy asos bo’lib xizmat qildi. BMTga a`zo mamlakatlar, shuningdek, xalqaro hamda hududiy tashkilotlarga bu bag’rikenglik bayramini har bir davlat madaniy an`analariga mos holda nishonlashini taklif qildi.

BMT vakillaring so’zlariga ko’ra, mazkur sananing nishonlanishi turli millatlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, Xalqaro do’stlik kunining yana bir vazifasi - faol va tashabbuskor yoshlarni jamoatchilik ishlariga jalb qilish, boshqa xalqlar madaniyatiga nisbatan hurmat bilan qarashga chorlashdan iboratdir.

— Bu yilgi Xalqaro do’stlik kuni jahonning turli mintaqalarida yuzaga kelayotgan noxush siyosiy vaziyat, insonlar orasida zo’ravonlik hamda ishonchsizlik kuchaygan paytga to’g’ri keldi, - deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. - BMT Bosh Assambleyasi 30 iyulni Xalqaro do’stlik kuni deb e`lon qilar ekan, shu orqali mamlakatlar, turli millatlar hamda madaniyatlar o’rtasidagi o’zaro do’stlik, tinchlikni ta`minlash, shuningdek, madaniy xilma-xillikni qadrlovchi keng jamoatchilikni birlashtirishni nazarda tutgan.

WWW.UZA.UZ