35 MING TONNA MEVA-SABZAVOT EKSPORT QILINADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil poytaxtimizda o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Navoiy viloyati fermer va dehqonlari xorijlik kompaniyalar bilan 29 million 300 ming dollarlik shartnoma imzoladi.
Mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida fermerlar paxta va g‘alla yetishtirish bilan cheklanib qolmasdan, intensiv bog‘lar barpo etish, meva-sabzavot yetishtirish hamda uni eksport qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Navoiy viloyati dehqon va fermerlari ham yerdan unumli foydalanish, aholi dasturxoni va bozorlar to‘kinligini ta’minlash maqsadida meva-sabzavot yetishtirishning o‘ziga xos usullaridan keng foydalanmoqda. Natijada mahsulotlar xorijga ham eksport qilinayotir.
Yarmarkada viloyatdagi 20 dan ortiq eksportchi korxona va fermer xo‘jaliklari 35 ming tonna meva-sabzavot sotish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.
Joriy yilda viloyatda 122,5 ming tonna meva-sabzavot yetishtirish mo‘ljallangan.
– Yarmarka davomida xorijlik hamkorlar bilan 1 million 565 ming dollarlik shartnoma imzolashga erishdik, – deydi “Navoi food invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mahmud Halimov. – Kelishuvga ko‘ra, belgilangan muddatlarda 31 turdagi 3 ming 580 tonna meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beriladi. Ayni paytda 600 tonnalik sovutkich shay holatga keltirilib, mahsulotni asl holicha saqlash va tashqi bozorga sifatli yetkazib berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
O’zA