Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

9-SURXONDARYO OKRUG SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
9-SURXONDARYO OKRUG SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ekspertlar guruhi, okrug saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda uchastka saylov komissiyalari tarkibining huquqiy bilimi va saylov ko‘nikmasini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar ijrosi muhokama etildi.

Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 734 saylov uchastkasi tashkil etilib, uchastka saylov komisiyalari tarkibi tasdiqlangan. Okrug saylov komissiyasi a’zolari hududlarga biriktirilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Tajribali ekspertlar, olimlar va mutaxassislar ishtirokida komissiya raislari va a’zolari uchun seminar-treninglar, ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

– Bu borada amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etayotir, – deydi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi A.Ahmedov. – Saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, uchastkalarda saylovchilar uchun qulay sharoit yaratish va bu jarayonda erkinlik va ochiqlikni ta’minlash kabi masalalar atroflicha tushuntirildi. Saylovchilar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish, muddatidan oldin ovoz berish jarayonida uchastka saylov komissiyasi a’zolarining vazifasi, uchastkalarni ovoz berishga tayyorlash, saylov jarayonida xalqaro va mahalliy kuzatuvchilarning o‘rni, saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, yakunlash, ovozlarni sanab chiqish va uni rasmiylashtirish yuzasidan bilim va malakasi oshirildi.

Majlisda okrug saylov komissiyasi vakolatiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. 4-dekabr kuni 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi binosida siyosiy partiyalarning kuzatuvchilik faoliyatini amalga oshiradigan vakillariga maxsus ruxsatnomalar, mahalliy ommaviy axborot vositalarining bir guruh xodimlariga saylov jarayonini yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tkazilgani haqidagi guvohnomalar topshirildi.

O’zA