Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Elchisi bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Holid Elmiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi..

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini samimiy qutladi va birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini mustahkamlash va kengayishga ishonch bildirdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishidan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Afg‘onistondagi ko‘p yillik mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

Elchi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni doimiy qo‘llab quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston tomoniga afg‘onlararo muloqot mexanizmlarini boshlashga salmoqli hissa qo‘shgani uchun tashakkur izhor etdi, bunga o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya sezilarli turtki berdi.

Uchrashuvda, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, jumladan Toshkent shahrida o‘tkazishilishi rejalashtirilayotgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan fikr almashildi.

«Dunyo» AA