Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat departamentida muzokaralar o‘tkazdi

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat departamentida muzokaralar o‘tkazdi

2019-yilning 19-iyul kuni AQShga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Davlat departamentida davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekiston-AQSh munosabatlari holati va yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida 2018-yil may oyida Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifi va Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan “O‘zbekiston – AQSh: strategik sheriklikning yangi davri” qo‘shma siyosiy bayonotining qoidalarini to‘liq amalga oshirishni ta’minlashga tomonlarning o‘zaro intilishi ta’kidlandi.

Xususan, Devid Heyl ta’kidlashicha, Vashingtonda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanayotgani qayd etilmoqda, keng ko‘lamli aloqalarni yanada mustahkamlash uchun konstruktiv trendni davom ettirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida turli darajalardagi keng qamrovli aloqalarni jadal rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Davlat departamentining yuqori lavozimli vakili yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi haqida ma’lum qildi.

Elis Uells ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini baholar ekan, turli darajadagi aloqalarni jadal rivojlanayotganini qayd etdi. Xususan, so‘nggi 15 yilda ilk bor O‘zbekiston Mudofaa vazirining joriy yil iyul oyida AQShga tashrifi, Missisipi shtati gubernatorining mamlakatimizga kelishi alohida ta’kidlandi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikning ustuvor ahamiyati qayd etildi.

AQSh tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqoti, Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishi mexanizmlarini boshlash, uning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlarga jalb qilinishidagi O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi.

TOSHKENT, 22 iyul. /«Dunyo» AA/.