Abdulaziz Kamilov AQSh Mudofaa vaziri yordamchisining o‘rinbosarini qabul qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo’lib turgan AQSh Mudofaa vazirining Hind va Tinch okeanlari mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Rendal Shrayverni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston-AQSh ko‘p qirrali hamkorligining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz rahbarining 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Trump o‘rtasidagi samarali muzokaralar O‘zbekiston va AQSh sherikligini yanada mustahkamlash va kengaytirishga turtki bo‘lgan muhim voqea bo‘ldi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xususan, afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga, shuningdek, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy munosabatlarga Afg‘onistonni jalb etish borasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Muzokaralarda AQSh Elchisi Daniel Rozenblum ishtirok etdi.
«Dunyo» AA