Abdulaziz Kamilov BAA Elchisi bilan uchrashdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Said Matar Sultan as-Siri al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi va O‘zbekiston-BAA muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlar nuqtayi-nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda hamkorlikning boshqa masalalari ham muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zA