ABDULAZIZ KAMILOV BMT BOSH KOTIBI O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					2017-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respubikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov bilan uchrashdi. Yuriy Fedotov boshchiligidagi BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi delegatsiya Toshkent shahriga ikki tomonlama muzokalar olib borish va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining “Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik” muvzuyidagi 5-ilmiy amaliy konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonning BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan munosabatlarining mustahkamlash holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, turli ko‘rinish va shaklardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Bugungi kunda, O‘zbekistonda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ko‘magida milliy va mintaqaviy darajadagi dasturlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari 2016-2019-yillarda Afg‘oniston va qo‘shni davlatlar uchun mintaqaviy dasturda, hamda Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan dasturda ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda 2016-2020-yillarda Narkotik moddalarni suiste’mol qilish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib amalga tadbiq etilmoqda. Dasturda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishini tartibga solish va narkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, norkologik xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnik zaxirasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Suhbatda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi boshlig‘i Ashita Mittal ishtirok etdi.
Shahriyor Turg’unboyev olgan surat
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















