ABDULAZIZ KAMILOV ERON ELCHISI BILAN UCHRASHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TOSHKENT, 21-oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Hamid Naerobodiyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Ishonch yorliqlarini nusxasini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan konstruktiv va dinamik munosabatlar qaror topgani ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va turizm tarmoqlaridagi hamkorlikni faollashtirish, Toshkent va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni ochish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga uning yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga omad tiladi.
“Dunyo”