Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Abdulaziz Kamilov Norvegiya TIVning maxsus vakili bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Abdulaziz Kamilov Norvegiya TIVning maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining mamlakatni BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga nomzod etib tayinlash bo‘yicha maxsus vakili Knut Vollebekni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Norvegiya turli sohalarda, jumladan, BMT doirasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekani ta’kidlandi. Shu o‘rinda uchrashuvda Norvegiya hukumatiga BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida Trast fondini yaratish bo‘icha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirzoyoyev tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va ushbu fondga moliyaviy mablag‘ ajratgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish va ikki mamlakat qonun chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini uzoq tanaffusdan keyin davom ettirish, shuningdek, parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha deputatlar guruhlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. Hozirgi vaqtda ushbu sohadagi ko‘rsatkichlar yirik salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Shu sababli iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston-Norvegiya institutini yaratish taklifi bildirildi.

Suhbat chog‘ida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

«Dunyo» AA