ABDULAZIZ KAMILOV QIRG‘IZISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASH
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Qirg‘iziston delegatsiyasi mamlakatimizga Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashif buyurdi.
Turli darajalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalarining davomi sifatida bo‘lib o‘tgan suhbatda Bishkek va Toshkent shahlarida O‘zbekiston va Qizg‘iziston prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga oid ayrim masalalar va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.