Abdulaziz Komilov AQShning mamlakatimizdagi yangi elchisi bilan uchrashdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Deniel Rozenblyumni qabul qildi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni qutladi va mas’uliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yilning may oyida AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamda oliy va yuqori darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston – AQSh munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.
O‘zA