ABDULLA POLVON OSIYO CHEMPIONI!
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Kuvaytda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik polvonlar bitta oltin, ikkitadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘ttizdan ziyod davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan chempionatning vazni 100 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasidagi bellashuvlarida hamyurtimiz Abdulla Tangriyev g‘alaba qozondi.
Tajribali polvonimiz hindistonlik Udayvir Singx, yaponiyalik Kenta Nishigata, mo‘g‘ulistonlik Temuulen Battulga va qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiyni yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Sharofiddin Boltaboyev vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida kumush medal bilan taqdirlandi. O‘z vazn toifasida Sharofiddin Lutfullayev va Sherali Jo‘rayev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova ikkinchi o‘rinni egalladi.
"Jahon" AA