Adliya vazirligi va “The Economist Intelligence Unit” Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash borasida hamkorlik qiladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Adliya vazirligida Buyuk Britaniyaning “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“The Economist Intelligence Unit” The Economist (EIU) jurnalining 1946 yilda asos solingan analitik boʻlimi va uning asosiy maqsadi koʻplab mamalakatlar, xalqaro tashkilot hamda yirik transmilliy koorporatsiyalar uchun biznesni tahlil qilish hisoblanadi.
“The Economist Intelligence Unit” saylov jarayoni masalalari, plyuralizm, hukumat faoliyati, fuqarolik erkinligi, siyosiy madaniyat va mamlakatda aholining siyosiy faolligi kabi koʻrsatkichlarga asoslangan xalqaro demokratik indeks va mamlakat xatarlari indeksi kabi muhim xalqaro indekslar tuzadi.
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar tomonidan umumiy qabul qilingan reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilashdagi oʻrni haqida soʻzlab berdi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar davlat va jamoat qurilishining turli sohalarida erishilgan yutuqlar samaradorligini baholash uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan metodologiya va mezonlar boʻyicha fikr almashdi.
Tadbir yakunida Buyuk Britaniyaning “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi delegatsiyasi xalqaro hamjamiyatga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xolis maʼlumot berishga va respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berishga tayyor ekanini bildirdi.
OʻzA