Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ADOLAT TUYG’USINI TOM MA’NODA QAROR TOPTIRISH - ENG ASOSIY VAZIFAGA AYLANISHI SHART

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ADOLAT TUYG'USINI TOM MA'NODA QAROR TOPTIRISH - ENG ASOSIY VAZIFAGA AYLANISHI SHART

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali tadbirdagi ma’ruzasini tinglar ekanman, prokuratura organlari xodimi, qolaversa, oddiy fuqaro sifatida qalbim katta g’urur va iftixorga to’ldi, ayni vaqtda prokuratura organlariga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor shaxsan menga hamda har bir xodimga yanada katta mas’uliyat yuklab, fidoyi bo’lishga undadi.

Xodimlar davlatimiz rahbariga kasbiy bayram kuni belgilanganligi uchun chuqur minnatdorlik bildirar ekan, ushbu bayram tadbirida bevosita ishtirok etganliklari katta sharafligini alohida ta’kidladilar.

Hurmatli Prezidentimiz ma’ruzasida faoliyatimizdagi kamchiliklar, oldimizda turgan dolzarb muammolarni aniq hamda ro’yirost ko’rsatib, amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniq belgilab berdilar.

Ma’ruzani tinglar ekanman, qonun ustuvorligi va adolat faoliyatimning asosiy mezoni bo’lib qolishiga, har qanday adolatsizlikka yo’l qo’ymaslikning barcha chorasini ko’rishga, fuqarolar xavfsizligi va konstitutsiyaviy tuzum himoyasini ta’minlashga, xalq ichiga kirishga, kerak bo’lsa uyma-uy yurib, uning dardi va kundalik hayoti bilan yashashga, umuman, Prezidentimiz tomonidan qo’yilgan barcha vazifalarni qat’iy va to’laqonli bajarishga o’zimga yana bir bor so’z berdim.

Xodimlarning ko’ziga, so’ziga qarab, barcha men kabi dunyoqarashini o’zgartirganligini, xizmatga yangicha yondashuv zarurligini, prokuror nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi, balki hududda adolat muhitini yaratishda eng mas’ul shaxs ekanligini, xalq shunga qarab baho berishini tushunib yetganligini his qildim.

Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan so’zlari kundalik faoliyatimizdagi qoidaga aylandi.

Hyech mubolag’asiz ayta olamanki, davlatimiz rahbari bilan uchrashuvdan barchamiz tamoman yangicha dunyoqarash bilan chiqdik.

Ma’ruzada faoliyatimizning barcha yo’nalishlari bo’yicha qayd etilgan tanqidiy fikrlardan to’g’ri xulosa qilgan holda, kamchilik va nuqsonlarni so’zsiz bartaraf etish uchun har birimiz bor salohiyatimiz, bilim hamda tajribamizni safarbar qilishga, bildirilgan ishonch va e’tiborni yuksak qadrlab, uni o’z mehnatimiz, sadoqatli xizmatimiz bilan oqlashga so’z berdik.

Barcha hamkasblarimiz shu muqaddas yurtimiz, Prezidentimiz va bag’rikeng xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish eng sharafli burch ekanligini yana bir bora his etganliklari aniq.

Shubhasiz, mazkur uchrashuv hali uzoq vaqtlar davomida prokuratura organlari fao-liyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Sadriddin TURDIYEV,
Xorazm viloyati prokurori.

www.xs.uz