Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ADVOKATURA INSTITUTINING O‘RNI MUSTAHKAMLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ADVOKATURA INSTITUTINING O‘RNI MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida advokatura institutini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyotni o‘rganishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazi, Advokatlar palatasi tomonidan “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti (Sloveniya) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda advokatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi vakillari, AQSh va Yevropa Ittifoqidan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi R.Ahmedov, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining mintaqaviy direktori M.Sever va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sohani izchil demokratlashtirish va liberallashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Advokatura institutini yanada mustahkamlash va faollashtirish, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari masalalarida tergov va sud jarayonlari qonuniyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Seminar ishtirokchilari xalqaro tajribaga e’tibor qaratgan holda, O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda advokatura instituti mustaqilligini mustahkamlash masalasini atroflicha muhokama qildi.

Ma’ruzalarda O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda advokatura institutini tubdan isloh qilish va mustahkamlashga muhim bosqich sifatida qaralayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2008-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hujjat tergov va sud jarayonining har qanday bosqichida fuqarolarning malakali huquqiy yordam olishini kafolatlaydigan konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini va sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, advokatlar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, ularning nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan.

Xalqaro ekspertlar prokuror va advokat tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud jarayonining barcha bosqichlarida o‘zaro tortishuvni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganiga yuqori baho berdi. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida” va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlari bilan advokatlar huquqiy himoyasi yanada kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi. Bu esa xalqaro huquq normalariga to‘liq mos keladi.

– O‘zbekistonda advokatlarning tutgan o‘rnini mustahkamlash va fuqarolarning huquqlarini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, – deydi xalqaro ekspert Liza Gaffi (AQSh). – O‘zbekistonlik advokatlar faoliyati bilan tanishish asnosida u sud jarayonlari doirasida adolatni tasdiqlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilganiga ishonch hosil qildik.

Milliy va xorijiy ekspertlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokatura institutining o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan tajriba almashib, advokatlik maqomini olish shartlari, advokatlik faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, turli mamlakatlarda advokatlarning qonunchilik va kasb etikasiga rioya etishini nazorat qilish masalalarini muhokama qilishdi. Davlat hisobidan advokatlar yuridik xizmat ko‘rsatishining huquqiy mexanizmlari, ularning malakasini oshirish va uzluksiz ta’limi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

WWW.UZA.UZ