Afgʻonistondagi teraktlar ortida kim turibdi?
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Kecha Kobul shahrida kasalxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida 24 kishi halok boʻldi. TOLO news telekanalining maʼlum qilishicha, qurbonlarning 22 nafari ayollar, bir nafari politsiyachi va yana biri terrorchi boʻlgan.
Hujum 12-may kuni tongda sodir etilgan. Dastlab kasalxonaga kirish joyida portlash yuz bergan, keyin qurollangan odamlar binoga bostirib kirgan. Bino ichidan otishma va portlash ovozlari eshitilgan.
Kasalxonaga uyushtirilgan hujumdan tashqari yana Nangarxar viloyatida politsiya boshligʻini dafn qilish marosimida ham terakt sodir etilgan. Viloyat gubernatori vakili Atolla Xogiyanining maʼlum qilishicha, portlash natijasida 24 kishi halok boʻlgan, 68 kishi jarohat olgan. Bu yerda ham kasalxonadagidek terrorchi oʻzini portlatgan. Frans Press axborot agentligining maʼlum qilishicha, ushbu hujum uchun javobgarlikni islom davlati terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jangarilarning kasalxonaga hujumini qattiq qoralagan. “Bosh kotib mamlakatda zoʻravonliklar avj olayotganini tashvish bilan kuzatib turibdi. Balx, Xost va Nangarxar viloyatlarida ham oʻnlab tinch aholi vakillari jangarilar hujumi qurboni boʻldi“, – deyiladi Bosh kotib ofisi saytida berilgan bayonotda.
Ushbu teraktlardan soʻng Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatdagi barcha kuch ishlatar idoralarga “Tolibon” harakatiga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi.
Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov Ashraf Gʻanining ushbu buyrugʻiga munosabat bildirar ekan, Moskva Afgʻonistondagi terrorchilik hujumini qattiq qoralashini taʼkidladi. Shu bilan birga Afgʻoniston Prezidentining tolibonlarga qarshi kurashni kuchaytirish haqidagi buyrugʻi mamlakatdagi siyosiy kuchlar oʻrtasidagi muloqotga toʻsqinlik qilishi mumkinligini ham qayd etdi.
Uning taʼkidlashicha, tolibonlar ushbu teraktga aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan. “Tolibonlar uchun bunday dahshatli teraktlarni amalga oshirishdan maʼni yoʻq, islom davlati jangarilari uchun esa bor, ular mamlakatda vaziyatni izdan chiqarishga harakat qilmoqda“, degan rossiyalik diplomat. Zamir Kabulov Afgʻoniston hukumati kurashni islom davlati jangarilariga qarshi qaratishi lozimligini taʼkidlagan.
UzA