AFG‘ONISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi tarkibida amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Prezidentining infratuzilma, kadrlar resursi va texnologiyalar bo‘yicha Katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy hamda Prezidentning MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining 2017-yil 23-24-yanvar kunlari Qobul shahriga tashrifi va Afg‘oniston rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni ijro etish jarayoni batafsil muhokama qilindi.
Xususan, 2017-yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida keng miqyosli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasi (“Yo‘l xaritasi”)ni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha fikr almashildi.
Muzokaralarda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.