AFG‘ONISTON PREZIDENTI – BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING FAXRIY DOKTORI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.
Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Undagi 8 fakultetda 7 mingdan ziyod talaba va magistr ta’lim olmoqda.
Afg‘oniston Prezidenti universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari huzurida ma’ruza qildi.
Muhammad Ashraf G‘aniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to‘g‘risida diplom topshirildi.
Dunyo ilm-fani va islom olamida katta o‘rin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzuim edi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga bu imkoniyatni yaratib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston zaminidan Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Bu yerda ta’lim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib bo‘lib voyaga yetishmoqda, dedi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani.
Afg‘oniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi.