AFG‘ONISTON PREZIDENTI MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTI POYIGA GUL QO‘YDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta’kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.