Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“AFSONALAR, SAHRO VA MOVIY OSMON”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“AFSONALAR, SAHRO VA MOVIY OSMON”

O’zbekistonning sayyohlik sohasidagi boy imkoniyatlariga bo’lgan qiziqish dunyo miqyosida kun sayin kuchayib bormoqda. Sayyohat ishqibozlari yurtimizga eng jozibali mamlakatlardan biri sifatida qarashmoqda. O’z-o’zidan ayonki, bu mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga, shuningdek, o’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosini ko’z qorachig’idek asrash bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.

Yaqinda Italiyada nashr etiladigan “Club Milano” jurnalining so’nggi sonida “Afsonalar, sahro va moviy osmon” sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Unda O’zbekiston, yurtimiz go’zalligi va betakrorligi, boy sayyohlik imkoniyatlari atroflicha qalamga olingan.

“Agar afsonaviy Buyuk Ipak yo’li davriga sayohat qilishni, moviy gumbazlar olamini ko’rmoqchi bo’lsangiz Markaziy Osiyoning yuragi bo’lmish O’zbekistonga boring”, deb yozadi nashr.

Mazkur maqolada mamlakatimizning dunyoga mashhur shaharlarining har biriga alohida ta’rif berilgan. “Go’zal naqshlar bilan bezatilgan, bir necha madrasani o’zida jam etgan va ulkan maydonga ega bo’lgan Registon “Ming bir kecha” ertagini yodga soladi. Afsonaviy shaharning serjilo bozorlarida Osiyo ruhi yashaydi go’yo. Tarixiy ko’chalar, buyum bozorlari, muattar hid taratadigan ziravorlar, sarhil mevalar kishini o’ziga rom etadi...

Buxoro gilamlari va ipakdan to’qilgan qimmatbaho so’zanalari, hunarmandlarning necha asrlardan buyon avloddan-avlodga o’tib kelayotgan bebaho bilimlarini o’zida jo etgan. Har biri o’ziga xos uslubga ega bo’lgan ustalarning ishlari ular ijodining nozik nuqtalarida ko’zga tashlanadi. An’anaviy so’zana to’qishni o’rganishni istaganlar uchun maxsus kurslar tashkil etilgan.

XVI asr durdonasi bo’lmish Xiva qal’asini kezar ekansiz, ikki kilometrdan uzoqqa cho’zilgan devorlar vaqtni to’xtatib qo’yganidek tuyuladi”...

Shuningdek, mamlakatimiz poytaxtining ko’hna tarixi va zamonaviy hayotiga doir ma’lumotlar ham mazkur maqolada o’z ifodasini topgan.

“Jahon” AA, Rim