Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AHOLI FAROVONLIGI – MUHIM MASALA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AHOLI FAROVONLIGI – MUHIM MASALA

Oqqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Partiyaning saylovoldi dasturi ijrosi: amaliy ishlar va mavjud muammolar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda partiya markaziy hamda viloyat kengashi, tumandagi tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari vakillari, mahalliy kengashlar deputatlari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etdi.

Partiya viloyat kengashi raisi M.Darxonov, markaziy kengash deputatlik birlashmalarining ishini muvofiqlashtirish va jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i B.Yusupov va boshqalar mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholining siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, hududlarda aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish, yechimini kutayotgan masalalarni imkon qadar joylarda hal etish muhim masala sanaladi.

Seminar doirasida Oqqo‘rg‘on agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida hududdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, vaqtincha ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada tuman mehnat bo‘limi, tashkilot va korxonalar, ta’lim muassasalari, tijorat banklari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

– Mehnat yarmarkasida taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik, – deydi mazkur kollej bitiruvchisi Shahnoza Soliyeva. – Tumanimizdagi “Maxim gold tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona bilan to‘rt tomonlama shartnoma imzoladik.

Tadbirda “Bank xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?”, “Biznes reja va kredit ajratish tartibi”, “Kredit turlari va garov ta’minoti”, “Soliq stavkalari, soliq hisobоtlari, imtiyoz va preferensiyalar”, “Kollej bitiruvchisi uchun to‘rt tomonlama shartnomaning ahamiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Oqqo‘rg‘on tumanida ham kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilikni rivojlantirish, tomorqada issiqxona tashkil etish, urug‘ va ko‘chat yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning ahamiyati katta bo‘layotir. Ishtirokchilar oilasiga qo‘shimcha daromad keltirayotgan yoshlar faoliyati bilan tanishish maqsadida ularning xonadonlarida ham bo‘ldi.

Tadbir yakunida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan bir guruh kasb-hunar kolleji biruvchilariga hududdagi tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olish imkoniyatini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

O’zA