AHOLI SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Poytaxtimizda MDH davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlar uyushmasining XXII xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, MDH davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Fransiya kabi yigirmaga yaqin mamlakatdan olim, shifokor va yosh tadqiqotchilar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori Feruz Nazirov, MDH davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlar uyushmasi prezidenti Vladimir Vishnevskiy va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining bilim va tajribasini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining 1998-yil 10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida soha tubdan takomillashtirildi. Kasalliklarning oldini olish, samarali davolash, insonlarning umrini uzaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Bu borada V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining alohida o‘rni bor. Oshqozon-ichak yo‘llari, o‘t qopi, jigar, o‘pka, umurtqa, yurak va tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan ushbu markaz mintaqadagi yetakchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Jarrohlik markazida AQSh, Italiya, Malayziya, Rossiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Markaz mutaxassislari tomonidan jigarda o‘sma rivojlanishi, katta hajmdagi va pankreatoduodenal rezeksiya, o‘t yo‘llarida yuzaga kelgan o‘sma va zaharlanishdan shikastlanish holatlarida qayta tiklanish aralashuvi singari noyob jarrohlik operatsiyalari amaliyotga joriy etildi. Jigar sirrozi va portal gipertenziya asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashdagi o‘ziga xos uslublar ishlab chiqildi. Qizilo‘ngach va oshqozon kasalliklarining rivojlangan va endi avj olayotgan holatlarida qayta tiklash kabi ko‘plab operatsiyalar amalga oshirildi.
– O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani o‘z samaralarini bermoqda, – deydi Fransiyaning Jarrohlar milliy akademiyasi faxriy prezidenti, Gepatobiliar jarrohlik instituti direktori, Yevropa jarrohlar uyushmasi asoschisi va prezidenti Genri Bismut. – Bugungi kunda gepatopankreatobiliar jarrohlikni jahon andozalari darajasida amalga oshirish va odamlarga sog‘lom hayot baxsh etishga erishilmoqda. Mazkur anjuman O‘zbekiston va dunyo mamlakatlarida gepatopankreatobiliar jarrohlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni tahlil qilish, bu borada yangi usullarni ishlab chiqish yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda kasalliklarni davolash bilan birga aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xastaliklarning oldini olish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jahon cog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishiga noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lar ekan. Xususan, oshqozon-ichak va yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, kamqonlik, qandli diabet, jigar, buyrak xastaliklarining paydo bo‘lishida ushbu muammo asosiy sababdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish, bu orqali turli kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston tibbiyotida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholar ekan, o‘tgan davrda mamlakatimizda tibbiy xizmatning jahon andozalari darajasidagi o‘ziga xos milliy modeli yaratilganini ta’kidladi, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaralarini yuqori baholadi.
– Mazkur anjuman O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi, xususan, gepatopankreatobiliar jarrohlik yo‘nalishidagi tajribasi bilan yaqindan tanishish, turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan fikr almashish imkonini berayotir, – deydi Janubiy Koreyaning “Asan” tibbiyot markazi professori Jung Dong Xvan. – Anjuman doirasida mamlakatingizda aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida g‘oyat salmoqli ishlar amalga oshirilayotganiga amin bo‘ldik. O‘zbekistonda aholining barcha qatlamiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami tobora kengayib borayotgani e’tiborga molik. Mamlakatingizning bu yo‘nalishdagi yutuqlarini chuqur o‘rganish va qo‘llash yuksak samaralar berayotir.
Kongress doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, jumladan, gepatologiya va pankreatologiya sohalarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazma va hujjatli film namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
– O‘zbekistonda tibbiyot tizimini rivojlantirishning eng to‘g‘ri mexanizmlari ishlab chiqilganini va bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishilayotganini alohida ta’kidlashni istardim, – deydi “Indraprastha Apollo” gospitalining Jigar va o‘t yo‘li kasalliklarini o‘rganish markazi direktori Subash Gupta (Hindiston). – Mamlakatingizda gepatopankreatobiliar jarrohlikni takomillashtirish, ushbu tizimga yuqori texnologiyalarni jalb etish, operativ muolajalarni olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor. O‘zbekiston bilan bu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz.
Kongress majlislarida mamlakatimiz va dunyoda gepatologiya va pankreatologiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritiladi.
Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.
O‘zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















