Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AHOLI SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN ISLOHOTLARNING HUQUQIY ASOSLARI YANADA TAKOMILLASHTIRILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AHOLI SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN ISLOHOTLARNING HUQUQIY ASOSLARI YANADA TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Mamlakatimizda fuqarolarimiz salomatligini muhofaza qilish maqsadida sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish evaziga turli xil kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo’yish va davolash ishlarini tashkil etish ishlari yildan-yilga takomillashtirilib, sifat jihatidan yanada yaxshilab borilmoqda. Bu jarayonda aholini sifatli va samarador dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash ham ana shu islohotlarning ajralmas qismiga aylandi. Sohaning qonuniy asoslarini mustahkamlashni esa, tezkor rivojlanib borayotgan bugungi davrning o’zi taqozo etmoqda.

Joriy yilning 17 iyul kuni Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi tomonidan ikkinchi o’qishga kiritish uchun tayyorlanayotgan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining mutasaddi raxbarlari va xodimlari, O’zbekiston Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Davlat soliq qo’mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasi, Farmakologiya qo’mitasi, Farmakopeya qo’mitasi “O’zfarmsanoat” DAK, “Dori-Darmon” AK, “Jo’rabek” MCHJ rahbar va xodimlari, Toshkent Farmatsevtika instituti rektori, mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi davlat va xususiy korxonalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, 1997 yilda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sohaning rivojlanishida muhim omil bo’ldi.

Istiqlolning ilk yillarida yurtimizda faqatgina 2 ta farmsanoat korxonasi faoliyat yuritgan bo’lib, ular tomonidan 30 ga yaqin nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib mamlakatimizda 149 ta farmatsevtika korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda va ular tomonidan 1482 nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, dori vositalari sifatini nazorat qilish tizimi yaratildi. Lekin amaldagi Qonun qabul qilinganligiga 18 yildan ko’proq vaqt o’tgan bo’lsada, uning ko’pgina normalari eskirgan va bugungi kun talabiga javob bermaydi. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyatini turli xil yo’nalishlarini muvofiqlashtirish masalalari to’laqonli aks ettirilmagan, natijada ular amaliyotga mos kelmay qolgan.

Davra suhbatining asosiy maqsadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga ikkinchi o’qishga tayyorlangan ushbu qonun loyihasini ekspertlar, malakali mutaxassislar, olimlar va mazkur sohada faoliyat yuritayotgan amaliyotchilar ishtirokida muhokama qilib, uni takomillashtirish uchun aniq taklif va tavsiyalar olishdan iborat bo’ldi.

Shundan kelib chiqib, tadbir davomida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda ushbu sohadagi normativ-huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish va amalda qo’llash masalalari chuqur tahlil qilindi.

Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan bir qator qonunosti hujjatlarining ro’yxati ishlab chiqildi. Shuningdek rivojlangan davlatlarning ushbu sohaga oid Qonunlari qiyosiy tahlil qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar yangi tahrirdagi ushbu qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirar ekanlar, mazkur hujjat mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos bo’lib xizmat qilishini ta’kidlab o’tdilar. Qonun loyihasi amaldagi Qonunga nisbatan yangi moddalar va asosiy tushuncha bilan to’ldirilmoqda.

Xalqaro amaliyotga mos ravishda ishlab chiqilgan qonun loyihasi aholini sifatli va samarador dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash bilan bog’liq normalarni, farmatsevtika faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi barcha yo’nalishlarni qamrab olgan bo’lib, unda ushbu sohada Vazirlar Mahkamasining, Sog’liqni saqlash vazirligining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari aniq va batafsil yoritilmoqda.

Qonun loyihasidan yangi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash, tashish va yo’q qilish”, “Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni olib kirish va olib chiqish tartibi” kabi qator yangi moddalar ham joy olayotgani qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi.

Tadbir yakunlari bo’yicha ushbu hujjatni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi. Turli darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida o’tkazilgan bu kabi keng ko’lamli amaliy muhokamalar kelgusida qonun normalarini amaliyotga tatbiq etishda samaradorlikni oshirish va huquqni qo’llash sohalarida o’zining ijobiy samarasini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati