Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AHOLI TALABI MAHSULOT SIFATINI BELGILAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AHOLI TALABI MAHSULOT SIFATINI BELGILAYDI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida charm va poyabzal sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekcharmpoyabzali" uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh.Sheraliyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, yengil sanoatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiya qilinib, zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotir, yangi korxonalar tashkil qilinmoqda.

Hozir uyushma tarkibida oltmish beshdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda o‘tgan davrda uch yuzdan ortiq yangi modeldagi poyabzallar va yetmishta yangi turdagi charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Avtomobil va temir yo‘l vagonlari uchun sun’iy charm qoplamalar va butlovchi qismlar, poyabzal furniturasi va tagcharmlar, linoleumlar, avtomobil to‘shamalari, neft-gaz sohasi uchun izolatsiya plyonkalari shular sirasidandir.

Yurtimizda erkaklar, ayollar va bolalarga mo‘ljallangan mavsumiy va sport poyabzallari ishlab chiqarish hajmi muttasil oshmoqda. Ular tabiiy charmdan yuqori texnologiyalar yordamida tayyorlanayotgani uchun xorijniki bilan bemalol raqobatlasha oladi.

– Mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilayotgan turli xil sanoatbop va xalq iste’moli mollari mahalliy bozorni to‘ldirish barobarida dunyoning o‘ndan ortiq davlatlariga eksport qilinmoqda, – deydi uyushmaning tashqi aloqalar boshqarmasi boshlig‘i M.Zohidov. – Terini qayta ishlash korxonalarining jahon standarti talablariga javob beradigan sifatli charm mahsulotlari Xitoy, Pokiston, Rossiya, Singapur, Hindiston, Janubiy Koreya kabi davlatlarga yetkazib berilmoqda.

Mavjud texnologiyalarni kuchaytirish, charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish doimiy e’tiborda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Har yili mamlakatimizda charm va poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy yangi korxonalarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli dastur amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, joriy yilda 150 dan ziyod loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, 145 loyiha ishga tushirildi. Misol uchun, Farg‘ona viloyatida 17 loyiha amalga oshirilib, 575 ming juft poyabzal, 110 ming juft poyabzal tagligi ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi. 220 dan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Mamlakatimiz hududlarida bolalar va sport poyabzallarini ko‘paytirish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Samarqand shahrida 700 ming dollar qiymatga ega zamonaviy sport poyabzallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan «Amr Ul Baxr» fabrikasi barpo etildi. Marg‘ilon shahrida «Grand Kibo» xususiy korxonasi, Andijon viloyatida «Xo‘jaobod» mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi turdagi bolalar sport anjomlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Joriy yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra besh turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Jumladan, “Dang‘ara kelajak sumkalari” xususiy korxonasida ayollar sumkasi, “Xo‘jaobod” jamiyatida o‘quvchilar sumkasi, “Muhammad salom Omina” jamiyatida poliuretan poyabzal tagliklari tayyorlanmoqda. Yil oxiriga qadar 2 milliard 850 million so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

WWW.UZA.UZ